DARSXONA.UZ

8-sinf

17 ta formula

Kvadrat tenglama va uning ildizlari

ax² + bx + c = 0 (a ≠ 0) ko'rinishdagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi, uning ildizlari maxsus formula orqali topiladi.

Kvadrat tenglama diskriminanti

Diskriminant kvadrat tenglama ildizlari sonini aniqlovchi ifoda bo'lib, uning qiymatiga qarab tenglama ikkita, bitta yoki umuman haqiqiy ildizga ega bo'lmasligi mumkin: D > 0 bo'lsa — ikkita, D = 0 bo'lsa — bitta, D < 0 bo'lsa — haqiqiy ildiz mavjud emas.

Vieta teoremasi

Keltirilgan kvadrat tenglama ildizlarining yig'indisi ikkinchi hadning qarama-qarshi ishorali qiymatiga, ko'paytmasi esa erkin hadga teng.

Kvadrat ildizning ko'paytma va bo'linma xossasi

Manfiy bo'lmagan sonlar ko'paytmasining kvadrat ildizi shu sonlar kvadrat ildizlarining ko'paytmasiga, nisbatining kvadrat ildizi esa ularning kvadrat ildizlari nisbatiga teng.

Pifagor teoremasi

To'g'ri burchakli uchburchakda gipotenuza kvadrati katetlar kvadratlari yig'indisiga teng.

Pifagor teoremasiga teskari teorema

Agar uchburchakning bir tomoni kvadrati qolgan ikki tomon kvadratlari yig'indisiga teng bo'lsa, bu uchburchak to'g'ri burchakli bo'ladi.

Uchburchak yuzi formulasi

Uchburchak yuzi uning asosi bilan shu asosga tushirilgan balandlik ko'paytmasining yarmiga teng.

Geron formulasi

Uchburchak yuzini uchala tomon orqali hisoblash uchun Geron formulasidan foydalaniladi, unda yarim perimetr ishlatiladi.

Parallelogramm yuzi formulasi

Parallelogramm yuzi uning tomoni bilan shu tomonga tushirilgan balandlik ko'paytmasiga teng.

Trapetsiya yuzi formulasi

Trapetsiya yuzi asoslari yig'indisining yarmi bilan balandlik ko'paytmasiga teng.

Romb yuzi formulasi

Romb yuzi uning diagonallari ko'paytmasining yarmiga teng.

Uchburchakning o'rta chizig'i haqidagi teorema

Uchburchak tomonlarining o'rta nuqtalarini tutashtiruvchi kesma o'rta chiziq deyiladi, u uchinchi tomonga parallel va undan ikki marta kichik bo'ladi.

Om qonuni

Zanjir qismidagi tok kuchi shu qism uchlaridagi kuchlanishga to'g'ri va qarshilikka teskari proporsionaldir.

Rezistorlarni ketma-ket ulash

Ketma-ket ulangan rezistorlarning umumiy qarshiligi ularning har birining qarshiligi yig'indisiga teng.

Rezistorlarni parallel ulash

Parallel ulangan rezistorlarning umumiy qarshiligiga teskari kattalik ularning har birining qarshiligiga teskari kattaliklar yig'indisiga teng.

Elektr quvvati

Elektr zanjirida iste'mol qilinayotgan quvvat kuchlanish bilan tok kuchi ko'paytmasiga teng.

Joul-Lens qonuni

O'tkazgichdan tok o'tganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori tok kuchining kvadrati, o'tkazgich qarshiligi va vaqt ko'paytmasiga teng.

← Barcha sinflar